AsosiyJamiyat

Qozog`istondagi o`zbekistonlik mehnat migrantlarini qo`llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

'Qozog`istondagi o`zbekistonlik mehnat migrantlarini qo`llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi'ning rasmi

Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari E.Muhitdinov va mamlakatimizning Qozog`istondagi elchisi S.Niyazxodjaevlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki davlat o`rtasidagi mehnat migrasiyasi, xususan, mehnat migrasiyasi sohasida imzolangan kelishuvlarni ijrosini ta`minlash, Qozog`istonda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimizni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va ijtimoy-huquqiy himoya qilish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Qozog`istonda ochilishi rejalashtirilayotgan vakolatxonasi yuzasidan tashkiliy masalalar bo`yicha kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar