Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Toshkent shahridagi "Ishga Marhamat" monomarkazi bazasida tashkil etilgan "Yapon tili va kasbiy malaka test markazi"da 2021 yil uchun o`qishga arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi.
Mazkur kurslarda fuqarolar Yaponiyada ishga joylashish uchun talab etiladigan N4 darajasidagi yapon tili va kasbiy malaka kurslari ko`nikmalari (JFT-BASIC, JLTP) va "Maxsus kasbiy malaka" (Tokutei Ginou) testlariga tayyorlanadi.
Yapon tili va kasbiy malaka kurslarini tugatgan fuqarolar “Maxsus kasbiy malaka" testini topshiradi.
Testdan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolar “Maxsus malakali ishchi halqaro sertifikati”ni qo`lga kiritib “Yaponiyada ishlash xuquqiga ega maxsus malakali ishchilar” bazasida ro`yxatga olinadi va yaponiyalik ish beruvchi kompaniyalar tomonidan o`tkaziladigan tanlov suhbatlarida ishtirok etadi.
Mazkur kurslar Yaponiyaning Nippon akademiyasi yapon tili maktabi o`qituvchilari tomonidan olib boriladi.
Kurslar 2021 yil 18 yanvardan boshlanadi.
Yapon tili kurslari narxi: 892 ming so`m (davomiyligi 6 oy)
Kurslarda o`qish uchun Yaponiya mehnat qonunchiligiga asoslanib yosh chegaralanmagan.
Shuningdek, 2021 yil yanvardan boshlab, tashkillashtirilgan holda xorijda ishlash uchun ketayotgan va «labor-migration» dasturiy majmuasida ro`yxat o`tgan fuqarolar mazkur kurslarda davlat grant mablag`lari hisobidan tahsil olishlari mumkin.
Yapon tili va kasbiy malaka kurslariga grant mablag`lari hisobidan o`qish talablari haqida “Yapon tili va kasbiy malaka test markazi” telegram kanalida tanishish mumkin.
Ro`yxatdan o`tish muddati 2020 yil 25 dekabrgacha.
Qo`shimcha ma`lumot uchun️:
Telefon: +998712076900 ( ichki raqamlar: 112 / 888)
Telegram kanal : @tokuteiginouz






