AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'Bugun O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublikaning barcha hududlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati. 

O`zbekistonda havo bulutli, ba`zida esa ochiq bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqiy yo`nalishda 7-12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Havo 2-7° iliqgacha isiydi.

Poytaxtimizda ham havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kuchsiz shimoli-sharqiy shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo 1-3° iliqgacha isiydi.

O`zbekistonning tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 5° gacha biroz sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar