1

Namanganda voyaga etmagan qizaloq go`zallik salonini “sipirib ketdi"

Jinoyat 21.12.2020, 10:07
Namanganda voyaga etmagan qizaloq go`zallik salonini “sipirib ketdi"

2020 yil 14 dekabr kuniga o`tar kechasi noma`lum shaxs Chust shahar “Pansada” MFY hududida joylashgan 38 yoshli Shamsiya N.,ga tegishli ayollar go`zallik salonidan umumiy bahosi 10.000.000 so`mlik 1 dona noutbuk, 1 dona planshet, 1 dona ayollar kurtkasi, 1 dona shapka, 1 dona soch dazmoli, 1 dona soch gafre dazmoli, 1 dona ayollar sumkasi, 1 dona rastushovka apparati, 1 dona soch qaychisi va 10 quti kiprik o`stirish uskunalari hamda har xil kasmetika bo`yoqlari buyumlarini o`g`irlab ketgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xaar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, hodisa joyida mavjud videokuzatuv kamerasidan olingan videotasvirlarni ko`zdan kechirish hamda olib borilgan boshqa bir qator tergov-tezkor tadbirlari natijasida, 16 yoshli Shamsiqamarxon Q., sodir etganligi aniqlangan hamda undan o`g`irlik yo`li bilan qo`lga kiritilgan narsalar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Jinoyat ishi bo`yicha Shamsiqamarxon Q., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta`minlangan holda so`roq qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1