AsosiyJamiyat

O`zbekiston davlat psixologiya universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda

'O`zbekiston davlat psixologiya universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

  Psixologiya sohasida xizmat ko`rsatish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokomasiga qo`yildi.  

Unga ko`ra, O`zbekiston milliy universitetining «Psixologiya» va «Sosiologiya» kafedralari negizida O`zbekiston davlat psixologiya universitetini tashkil etish belgilanmoqda.

Hujjat bilan 2021 yildan boshlab quyidagilar taklif etilmoqda:

- 14 ta hudud OTMlari huzurida aholiga psixologik hizmat ko`rsatuvchi markazlar tashkil etiladi;

- Psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash bo`yicha qabul parametrlari yiliga 30 foizdan oshirib boriladi;

- Tuman (shahar) mahallalari tuzilmasida oila psixologi lavozimi joriy etiladi;

- Ta`lim muassasalaridagi psixologlar 3 yilda bir marta malaka oshiradi;

- Nodavlat psixologik maslahatlar tarmog`i va onlayn xizmat ko`rsatish ko`lami kengaytiriladi.

    Boshqa yangiliklar