AsosiyJamiyat

Samarqandlik avtoblogerning mashinasini yoqib yuborishdi

'Samarqandlik avtoblogerning mashinasini yoqib yuborishdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik avtoblogerning transport vositasiga o`t qo`yilgani haqida xabarlar tarqaldi.

2020 yil 16 dekabr kuni fuqaro M.B. Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 6-son IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 16 dekabr kuni soat 02:30 larda o`zining yashash uyi yonida bo`lgan avtomashinasi noma`lum shaxs tomonidan yoqib yuborilganligini ma`lum qilib, ushbu noma`lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.  

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining ma`lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi TB  tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 173-moddasi 2-qism “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar