AsosiyJamiyat

Eron hududlaridan iliq havoning kirib kelishi natijasida O`zbekistonda hafta bo`yi kuzatiladigan havo harorati ma`lum qilindi

'Eron hududlaridan iliq havoning kirib kelishi natijasida O`zbekistonda hafta bo`yi kuzatiladigan havo harorati ma`lum qilindi'ning rasmi

Sinoptiklarning ma`lum qilishicha, O`zbekistondagi bugungi va ertangi ob-havo sharoitini dam olish kunlari hududimizga kirib kelgan quruq va deyarli sovuq antisiklon havo massalari belgilaydi. 

Barcha viloyatlarda ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`lishi kutilmoqda, kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechalari 0-5° sovuq, kunduz kunlari 0-5° iliq atrofida, ba`zi joylarda 7 darajagacha iliq bo`ladi.  

23 dekabrda Kavkaz hududlaridan kirib kelgan biroz nam havo massalari respublika hududlari bo`yicha siljiydi. Respublika hududlarining ko`p qismida yog`ingarchiliksiz bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat markaziy hududlar bo`yicha ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Havo harorati deyarli o`zgarmaydi.

24-25 dekabrda bizning hududimizga eron hududlaridan iliq havo massalari keladi. Havo harorati ko`tariladi va ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari havo 7-12° iliqgacha isiydi.

Hududlarning ko`p qismida shu kunlarda yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. 🌧Faqat, respublikamizning shimoli-g`arbiy hududlariga 25 dekabrda janubiy siklon kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida asosan yomg`ir ko`rinishidagi biroz yog`ingarchilik bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar