«UzAuto Motors»ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas, deb topish to`g`risidagi shikoyat arizasi bo`yicha shu yilning 30 oktyabr kuni sudning hal qiluv qarori qabul qilingandi.
Shundan so`ng Qo`mita vakillari sud qaroridan norozi bo`lib yuqori instansiyaga murojaat qildi. Apellyasiya shikoyati ham mazmunan ko`rib chiqilgach, qanoatlantirilmasdan qoldirildi.
Aksariyat kishilar natija xalq foydasiga hal etilmasada idoralar o`rtasidagi bunday sudlashuv jarayonlarini ijobiy baholashsa, Oliy Majlis quyi palatasining deputati Alisher Qodirov Antimonopoliya qo`mitasini “UzAutoMotors” obro`siga putur etkazishda ayblamoqda.
" Monopoliya qo`mitasi avtosanoatda qaror qanday qabul qilinishidan bexabarligi (sud qarori shu xulosani chiqarishga asos bo`lmoqda) O`zbekiston iqtisodiyoti va O`zavtomotors kompaniyasining xalqaro reputasiyasiga qancha zarar etkazganini hisoblash va javob tayyorlash qo`mita raisining birinchi o`rinbosarini kim masalani ko`proq tushunishini o`lchashdan ko`ra ko`proq o`ylantirishi kerak, aslida, - dedi deputat.
Uning ta`kidlashicha, Partiya tomonidan sud jarayonlari yakunlanishi bilan Monopoliya qo`mitasining ushbu masalada eshituvini tashkil qilish va tegishli xulosalar chiqarish bo`yicha taklif tayyorlanadi.






