AsosiyJamiyat

Jizzaxda imomlik qilayotgan OTM talabasi tekshirilmoqda

'Jizzaxda imomlik qilayotgan OTM talabasi tekshirilmoqda'ning rasmi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o`tkazilgan surishtiruvlar davomida Jizzax viloyati Baxmal tumani “Sangzor” qishloq fuqarolar yig`ini hududida doimiy ro`yxatda turgan, Jizzax shahridagi oliy o`quv yurtlaridan birida o`quvchi A.A. noqonuniy ravishda imomlik faoliyati hamda diniy materiallarni tarqatish bilan shug`ullanganligi aniqlangan. Bu haqda  “Rostda” muxbiri xabar qildi.

Jumladan, A.A. Baxmal tumani O`smat shaharcha fuqarolar yig`inida yashovchi T.O`. hamda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi A.H.ga jamoat namozlarida imomlik qilgan. Shu bilan birga, qator tanishlariga diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelgan.

Soha vakillari viloyatning Zomin tumani Dashtobod shahri O`zbekiston mahallasida yashovchi L.K. ham diniy mazmundagi materiallarni tarqatishni odatga aylantirganligini aniqlangan. Diniy yig`ilishlar o`tkazish hamda diniy materiallar tarqatishga doir mazkur noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan tegishli tartibda surishtiruvlar o`tkazilmoqda.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar