O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 18 dekabr kuni bosh tashkiloti Shvesiya Qirolligining Xelsinborg shahrida joylashgan “Markaziy Osiyo Uyushmasi” Jamiyatining O`zbekistondagi vakolatxonasi davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lum qildi.
Vakolatxonaning asosiy maqsad va vazifalari – demokratik islohotlarni amalga oshirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, O`zbekiston Respublikasida demokratiya rivoji va inson huquqlari masalalariga rioya etilishida ko`maklashish hisoblanadi.
Vakolatxona joylashgan manzil: O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho`ponota ko`chasi, 8-uy, 26-xona.






