Bir muddat avval, ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo Xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i Farhod Ochilov, 17 noyabr kuni Sherzod Shermatov o`tkazgan yig`ilishda ishdan olingani haqida xabar tarqalgan va xabar rasmiylar tomonidan rad etilgan edi. Shundan bir muddat o`tib, 25 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat XTB boshlig`i etib, Shahrisabz shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Karimov To`lqin tayinlangani xabar qilindi.
Ayni paytda xabar qilinishicha, viloyat hokimi rahbarligidagi yig`ilishda viloyat xalq ta`limi boshqarmasining sobiq boshlig`i Farhod Ochilov hokimlikda sektor kotibi sifatida ish boshlagan.
“Farhod Ochilov menga kelib tushayotgan onlayn murojaatlarni ro`yxatga oladi va echimi bilan qiziqadi. Hal etilmagan muammolar qizil rangda belgilab qo`yiladi”, — degan viloyat rahbari.






