1

Jizzaxda profilaktika inspektorlariga musht ko`targan shaxsga sud hukmi o`qildi

Jinoyat 21.12.2020, 18:17
Jizzaxda profilaktika inspektorlariga musht ko`targan shaxsga sud hukmi o`qildi

Jizzaxda 3 nafar profilaktika inspektoriga musht ko`targan shaxsga sud hukmi o`qildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining Axborot xizmati xabar bermoqda.

2020 yil 24 avgust kuni N.Komilova (F.I.Sh o`zgartirilgan) qizi Komilova Umida haqida uning sha`niga to`g`ri kelmaydigan asossiz gaplar tarqatib yurgan S.Tolipovga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`rab tuman IIB boshlig`iga ariza bilan murojaat qilgan.

Uning ushbu murojaatini qonuniy hal etishlik uchun Sharof Rashidov tuman IIB XPB IIO TP profilaktika inspektorlari T.Naimov va K.Berdibekovlar tomonidan 2020 yil 24 avgust kuni soat 14-30 larda S.Tolipovni profilaktika inspektorining xizmat xonasiga chaqirtirdilar. Murojaat bo`yicha ko`rsatma olish davomida u ushbu joydan chiqib ketishga harakat qilgan vaqtida IIB profilaktika inspektori K.Berdibekov tomonidan holat bo`yicha ko`rsatma berishni so`raladi. S.Tolipov IIB profilaktika inspektori K.Berdibekovning qonuniy harakatlariga faol qarshilik ko`rsatib, uning o`ng yuz sohasiga qo`li bilan mushtlab bir marotaba urib, “sog`ligini buzilishiga olib kelmagan engil tan jarohati” etkazib, uning xizmat xonasidan qochib chiqib ketgan.

Shundan so`ng, S.Tolipovning faol qarshilik ko`rsatib, qochib ketayotganini ko`rgan tuman IIB profilaktika inspektori F.Asadov uning qo`lidan ushlab, tinchlanishini va qarshilik ko`rsatmasdan ortiga qaytishini so`raganida, S.Tolipov uning qonuniy talabiga bo`ysinmasdan, uning o`ng ko`z qosh qismiga mushtlab bir marotaba urib, “sog`ligini buzilishiga olib kelgan engil tan jarohati” etkazib, binodan tashqariga qochib chiqib ketishga uringan.

Uni ushlash maqsadida ortidan chiqqan tuman profilaktika inspektori S.Soxibov S.Tolipovni yoniga borganida, unga tutqich bermaslik uchun faol qarshilik ko`rsatib, qo`li bilan uning ham chap yuzi chakka sohasiga bir marta mushtlab urib, “sog`ligini buzilishiga olib kelmagan engil tan jarohati” etkazgan.

Tolipov Sobir Qodirovich O`zbekiston Respublikasi JK 219-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib va unga shu modda bilan ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1