1

Kattaqo`rg`onda qorbobo shapkasini kiygan yigit do`konda o`g`rilik qildi

Jinoyat 21.12.2020, 19:41
Kattaqo`rg`onda qorbobo shapkasini kiygan yigit do`konda o`g`rilik qildi

2020 yil 11 dekabr kunidan 12 dekabr kuniga o`tar kechasi noma`lum shaxs Kattaqo`rg`on shahar “Qoriravot” MFY “Samarqand shox” ko`chasida yashovchi fuqaroning uyidan ochilgan telefonlarni sozlash ustaxonasi eshigini buzib, ustaxona ichkarisida bo`lgan bir dona bahosi 4.177.200 so`mga teng bo`lgan qo`l telefonni yashirin ravishda talon-taroj qilib voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma`lum qildi.

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida mazkur o`g`irlik jinoyatini Kattaqo`rg`on tumani Uyshun qishlog`ida yashovchi 1993 yilda tug`ilgan E.D. sodir qilganligi aniqlanib, undan “Iphone-7” rusumli telefon ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo`rg`on shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandida bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1