1

56 nafar o`zbekistonlik jinoiy javobgarlikka tortish uchun Rossiyadan qaytarilmoqda

Jinoyat 21.12.2020, 20:04
56 nafar o`zbekistonlik jinoiy javobgarlikka tortish uchun Rossiyadan qaytarilmoqda

Og`ir va o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etgan 56 nafar O`zbekiston fuqarolari Rossiyaning Novosibirsk shahridagi aeroportdan maxsus reys bilan qaytarilmoqda. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.  

Rossiya Federasiyasi Bosh prokuraturasi odam o`ldirishga urinish, talonchilik, o`g`irlik va boshqa jinoyatlarda ayblanyotgan fuqarolarni O`zbekistonga qaytarish bo`yicha murojaatlarni qondirganligini aytmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya Federasiyasi O`zbekistonning Farg`ona viloyati Qo`qon shahar sudining bir guruh shaxslar tomonidan giyohvand moddalarni noqonuniy sotishga uringani uchun chiqargan hukmini ijro etish uchun fuqaroni ekstradisiya qilish to`g`risidagi so`rovini qondirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1