Davlat xizmatlari agentligi mutaxassislari tomonidan FHDYo bo`limlarining to`liq ish vaqti qayta ko`rib chiqilib, dushanba – juma kunlari tshli ish rejimi tartibida belgilandi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Axborot xizmati ma`lum qildi.
Barchaga ma`lum, avval turli hududlar FHDYo bo`limlarining ish vaqti har xil bo`lgan.
Masalan, Toshkent shahrida dushanba — dam olish kuni bo`lgan bo`lsa, boshqa hududlarda ish kuni edi. Bu holat, mazkur ma`lumotga ega bo`lmagan aholiga noqulaylik tug`dirar edi.
Eng muhimi, endilikda FHDYo bo`limlari tomonidan shanba kunlari ham 9.00 dan – 15.00 ga qadar aholiga xizmat ko`rsatiladi.
Bunda, mehnat qonunchiligiga to`liq rioya qilingan holda shanba kunlari ishlaydigan xodimlarning umumiy ish vaqti haftasiga 40 soatdan ortmaydi.
Mazkur yangilik aholiga qo`shimcha qulaylik yaratishda FHDYo sohasida oldinga tashlangan yana bir qadam bo`ldi.






