AsosiyJamiyat

Ikki qavatdan yuqori uylarni qurishda loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o`tkaziladi

'Ikki qavatdan yuqori uylarni qurishda loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o`tkaziladi'ning rasmi

AOKAda Qurilish vazirligi mutasaddilari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida ikki qavatdan yuqori uylarni qurishda loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o`tkazilishi va buning natijasida nimalar taqiqlanishi masalasiga izoh berildi:

2021 yil 1 yanvardan boshlab aholi punktlarining bosh rejalari jamoatchilik muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi.

2021 yil 1 martdan boshlab, ikki qavatdan yuqori, balandligi er yuzasidan 12 metrdan yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo`lgan bino va inshootlarni, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ob`ektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o`tkazilgan hamda ob`ektning Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati o`rnatilgan holda amalga oshiriladi.

▪️Buning natijasida nimalar taqiqlanadi?

Uy quruvchilar — qurilish tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan ikki qavatdan yuqori, balandligi er yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo`lgan bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;

Bunday turdagi qurilish uchun mo`ljallanmagan er uchastkalarida ko`p qavatli ko`p kvartirali uylarni qurish;

Loyiha hujjatlarini ekspertizadan o`tkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini ko`paytirish (ustki qavat qurish).

    Boshqa yangiliklar