Kecha, 21 dekabr Bosh vazir A.Aripov rahbarligida o`tkazilgan yig`ilish iqtisodiyot tarmoqlari, ko`p kvartirali turar joylar ijtimoy soha ob`ektlarini qish mavsumiga tayyorlash va mavjud muammolarni bartaraf etishga bag`ishlandi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, yig`ilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzaev aholini qiynab kelayotgan muammo bo`yicha ma`lumot berdi.
— Viloyatimizning G`uzor, Chiroqchi, Qamashi, Shahrisabz va Kitob tumanlarida elektr energiyasi ta`minotida 8-12 soatgacha rejasiz uzilishlar kuzatilmoqda, - dedi Zoyir Mirzaev. - Natijada aholi tomonidan haqli e`tiroz va noroziliklar ko`paymoqda. Sababi ushbu hududlarda ko`pchilik aholi tog`li va qishloq joylarda yashaydi.
Ushbu ko`tarilgan muammoga Bosh vazir alohida e`tibor qaratib, 2 kun ichida vaziyatni o`nglanishiga, rejasiz 8-12 soatlab uzilishlarni bartaraf etish bo`yicha mas`ullarga topshiriq berdi.






