AsosiyJamiyat

Farg`ona IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan dam olish kunlari ham ishlashmoqda

'Farg`ona IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan dam olish kunlari ham ishlashmoqda'ning rasmi

Fuqarolarga qulaylik yaratish, ularning hafta davomida ish faoliyati bilan band bo`lishlari hamda migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga tashrif buyurishga etarli vaqtlari bo`lmasligini hisobga olgan holda, Farg`ona viloyati IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan xodimlarning dam olish kunlarida ham soat 08:00 dan 18:00ga qadar navbatchilik asosida viloyat aholisiga xizmat ko`rsatish tizimi yo`lga qo`yildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB xabar bermoqda. 

"O`z navbatida, xodimlarning ham mehnat qonunchiligiga asosan ish va dam olish vaqtlarini to`g`ri taqsimlash maqsadida, hafta mobaynida bir kun dam olishlari tashkillashtirildi" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar