AsosiyJamiyat

«Toshkent-Incheon» aviareyslari orqali Koreyaga kirish haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

'«Toshkent-Incheon» aviareyslari orqali Koreyaga kirish haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020 yil dekabr va 2021 yil yanvar oylarida «Uzbekistan Airways» va “Asiana Airlines” aviakompaniyalari tomonidan rejalashtirilayotgan «Toshkent-Incheon» aviareyslari orqali Koreya Respublikasiga kirib borish haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi aniqlik kiritdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Koreya Respublikasiga kirish vizasiga ega barcha viza (S-vizasidan tashqari) turlariga ushbu mamlakatga kirish uchun aviareyslar tashkillashtirilgani to`g`risida e`lonlar tarqalmoqda.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan ushbu ma`lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmatiga so`rov yuborildi.

So`rovga javoban, 2020 yil dekabr va 2021 yil yanvar oylarida «Uzbekistan Airways» AJ va “Asiana Airlines” aviakompaniyalari tomonidan rejalashtirilayotgan «Toshkent-Incheon» aviareyslari bilan faqat rozilik bitimi hamda Koreya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi tavsiya etgan klinikalarning PSR testi manfiy natijasiga ega fuqarolar ushbu mamlakatga kirib borishi to`g`risida ma`lum qilingan.

Fuqarolar o`zini o`zi yakkalash joyi va sharoiti to`g`risidagi taqdim qilgan ma`lumotlar Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan o`rganilgandan so`ng, ijobiy deb topilgandagina fuqarolarga Koreya Respublikasiga kirish uchun rozilik bitimi beriladi.

Bugungi kunga qadar ishchi vizasiga ega fuqarolarning tranzit aviareyslar orqali mustaqil ravishda Koreya Respublikasiga jo`nab ketish uchun urinish holatlari aniqlanmoqda. Natijada, fuqarolar o`zlariga iqtisodiy zarar etkazmoqda.

"Ushbu xatti-harakatlar mazkur davlatga kirib borishni yanada kechiktirishi hamda Koreya Respublikasi tomonidan boshqa fuqarolarning ham ushbu davlatga kirib borishida salbiy oqibatlarga olib kelishi to`g`risida ogohlantiramiz" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar