2021 yil kirib kelayotganligini inobatga olib, epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qolish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Unga ko`ra, vazirlik, idoralar, davlat ulushi bo`lgan korxonalar va boshqa xo`jalik tashkilotlariga turli xil korporativ va ko`ngilochar bayram tadbirlari tashkil etish taqiqlandi.
Sog`liqni saqlash vazirligi, idoralar rahbarlari nazarda tutilgan cheklovlarga qat`iy rioya etilishi uchun shaxsan javobgar bo`ladilar. Cheklovlar buzilishi kuzatilgan taqdirda tegishli tartibda hayfsan, jarima kabi qator javobgarlik choralari ko`rilishi haqida ogohlantirdi.






