Farg`ona tumanida korxona qarzdorligini ETK bazasidan chiqarib bermoqchi bo`lgan hudud inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Farg`ona tumani Elektr tarmoqlari hudud inspektori M.A. “D.” xususiy korxonasiga qarashli yog`ochni qayta ishlash sexiga o`rnatilgan elektr hisoblagichning nosozligi sababli kelib chiqqan 42 mln so`m qarzdorlikni ETK bazasidan chiqarib, yangi hisoblagich o`rnatib berish evaziga 3 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.






