Bayram oldi kunlari yo`lovchilarga transport xizmatlarini ko`rsatishni yanada oshirish va ularga ko`proq qulaylik yaratish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan Toshkent-Urganch-Toshkent yo`nalishida 556/555-sonli yo`lovchi poezdlari qatnovi yo`lga qo`yildi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Axborot xizmati xabar qildi.
Mazkur poezdlar joriy yil 24, 26 dekabr kunlari Toshkent-Urganch, shuningdek, 25, 27 dekabr kunlari Urganch-Toshkent yo`nalishida 2 martadan qatnovni amalga oshirib, yo`lovchilarni o`z manzillariga etkazib qo`yadi.
Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.
Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin, deyiladi xabarda.






