AsosiyJamiyat

Gaz quvurlarini talon-toroj qilgan “Hududgaz”ning Asakadagi mansabdorlari fosh etildi

'Gaz quvurlarini talon-toroj qilgan “Hududgaz”ning Asakadagi mansabdorlari fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Hududgaz” Andijon gaz ta`minot filiali, Asaka tuman bo`linmasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslari tumandagi tabiiy gaz etib bormaydigan hududlardan demontaj qilingan 260 mln so`mlik turli hajmdagi gaz quvurlarini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda  Bosh prokuratura Matbuot xizmati darakchi.uz ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar