O`zbekistonda vaksinani birinchi bo`lib keksalar, shifokorlar, o`qituvchilar, tarbiyachilar oladi. Bu haqda Sog`liqni Saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig`ining o`rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Atabekov Nurmatovning ma`lum qilishicha, O`zbekiston Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaksina so`rab murojaat qilgan. O`zbekiston arizasi qabul qilingan.
Modomiki qaysidir vaksina Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlansa, u O`zbekistonga olib kelingach, birinchi galda 65 yoshdan yuqori bo`lgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, o`qituvchilar, bog`chalar tarbiyachilari emlanadi.





