AsosiyJamiyat

11 oyda «tez yordam» xizmatiga 10 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan

'11 oyda «tez yordam» xizmatiga 10 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan'ning rasmi

 2019 yilda yil davomida «103» xizmati 10 millionga yaqin chaqiriqni qabul qilingan bo`lsa, bu yilning 11 oyi davomida bu ko`rsatkich 10 milliondan oshgan. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lum qildi. 

Eng ko`p chaqiriqlar Farg`ona, Andijon, Toshkent viloyatlari va poytaxtdan (1 milliondan ortiq) kelib tushgan bo`lib, eng kam murojaat Navoiy viloyatida (297 mingdan ortiq) kuzatilgan.

" - Bu yilgi murojaatlar soni sezilarli oshganligini pandemiya sharoiti bilan bog`lash mumkin. Chunki karantin davrida «COVID-19» ni yuqtirish xavfi tufayli uydan chiqishni afzal ko`rmaganlarning aksariyati «tez yordam»ga qo`ng`iroq qilishdi.

Qolaversa, shoshilinch yordam ko`rsatish xizmatlari tizimida sall-markazlar tashkil etilib, u erda shifokorlar ham faoliyat yuritishi va lozim bo`lganida bemorlarga «tez yordam» mashinasi etib kelgunicha telefon orqali konsultasiya qilib, uning yonidagi insonga birinchi yordam ko`rsatish bo`yicha ko`rsatmalar berib, bemorning hayotini qutqarib qolishga ko`maklashishi aholi salomatligini muhofazalashda muhim omil bo`lmoqda", deyiladi xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar