AsosiyJamiyat

Toshkentda yuk avtomobillari harakatlanishi uchun cheklov qo`yiladi

'Toshkentda yuk avtomobillari harakatlanishi uchun cheklov qo`yiladi'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Toshkent shahar hokimining "Toshkent shahar ko`chalaridagi tirbandlikni oldini olish maqsadida transport vositalari harakatini tartibga solish to`g`risida" gi qarorining loyihasi joylashtirildi.

Unga ko`ra, shaharda N1 toifali avtotransport vositalaridan yuqori transport vositalarining harakati ertalabki soat 07:00dan 10:00gacha, kechki soat 17:00dan 20:00gacha cheklanishi mumkin. Bundan ko`chalardagi tirbandlikning oldini olish maqsad qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar