“Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyasini qurish” investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–4933-son, 22.12.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.
Qarorga ko`ra, Hukumat nomidan Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar” (BAA) kompaniyasi (Investor) va mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Shamol Zarafshan Energy” xorijiy korxonasi (Loyiha kompaniyasi) o`rtasida Investisiya shartnomasi tasdiqlanadi.
Qaror bilan “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri muzokaralar natijasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish to`g`risidagi bitim ma`qullandi.
Shunga ko`ra, Investisiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish to`g`risidagi bitimning amal qilish muddati davomida elektr energiyasini sotib olish uchun xorijiy valyutada denominasiyalangan qat`iy tarif o`rnatiladi.