AsosiyJamiyat

Qo`shimcha "Afrosiyob" poezdlari qatnovi yo`lga qo`yiladi

'Qo`shimcha "Afrosiyob" poezdlari qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Bayram oldi va bayram kunlari yo`lovchilarga transport xizmatlarini ko`rsatishni yanada oshirish va ularga qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan Toshkent – Samarqand – Toshkent yo`nalishida qo`shimcha 764/763-sonli “Afrosiyob” poezdlarining qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Matbuot xizmati xabar qildi. 

Mazkur poezdlar joriy yil 28, 29, 30 hamda 31 dekabr kunlari qatnovlarni amalga oshirib, yo`lovchilarni o`z manzillariga etkazib qo`yadi.

Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.

Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar