Rossiyaning Janubiy okrug harbiy sudi O`zbekiston fuqarolari Feruz Habibov va Jasur Mahmudovni Rossiyada taqiqlangan "Jabhat an-Nusra" terroristik tashkilotiga qo`shilishga uringani uchun 14 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda interfax yozdi.
Aniqlanishicha, 2019 yilda sudlanuvchilar Simferopolda bo`lganlarida, "Jabhat an-Nusra" safiga qo`shilishga va tashkilotning Suriyadagi faoliyatida ishtirok etishga rozi bo`lganlar.
Ish materiallariga ko`ra, Habibov 2019 yil 1 avgustdan 2020 yil martigacha do`stini "Jabhat an-Nusra" faoliyatida ishtirok etish uchun Suriyaga ketishga ko`ndirgan. 2020 yil mart oyida Simferopolda sheriklar maxsus kiyim va dori-darmonlarni, shuningdek, Krasnodardan Tbilisiga (Gruziya) avtobus chiptalarini va Tbilisidan Istanbulga samolyot chiptalarini, keyinchalik Suriyaga uchish uchun sotib olishgan.
Ular 2020 yil 26 martda Qrimda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo`lga olingan.
Sud Mahmudovni qamoqning birinchi yilini o`tash bilan 5 yil, Habibovni 9 yil ozodlikdan mahrum qilish koloniyasiga tayinladi.
Hukm qonuniy kuchga kirmagan va tomonlar tomonidan Apellyasiya sudining Harbiy sudida shikoyat qilinishi mumkin, deyiladi xabarda.






