Joriy yilning 22 dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari belgilangan yo`nalishda harakatlanayotgan vaqtda “Eski Juva” gilam bozori yonida chamasi 3-4 yoshli bolani yig`lab yurganini ko`rib qolganlar. Bolakay bilan suhbatlashish davomida uning ismi Alixan ekanligi, buvisi bilan bozorga kelib, adashib qolganligi ma`lum bo`lgan.
Milliy gvardiya va IIB xodimlarining birgalikda amalga oshirgan chora-tadbirlari natijasida bolakay o`z oilasiga qaytarilgan.
Nevarasini yo`qotib qo`yib, qidirib yurgan fuqaro N.G. xodimlarga o`z minnatdorchiligini bildirdi, deyiladi Milliy gvardiya Axborot xizmati xabarida.






