AsosiyJamiyat

“O`zatom” agentligi: AES qurish uchun shartnoma bo`yicha muzokaralar davom etmoqda

'“O`zatom” agentligi: AES qurish uchun shartnoma bo`yicha muzokaralar davom etmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali Rossiyaning O`zbekistondagi elchisi V.L. Tyurdenev tomonidan O`zbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasini qurish uchun shartnoma bo`yicha bergan izohi jamoatchilik muhokamasiga sabab bo`lmoqda.

“O`zatom” agentligi axborot xizmati xabar berishicha, hozirda tomonlar loyihaning xavfsizligi va ishonchliligi hamda iqtisodiy samaradorligini oshirish, shuningdek respublikaning milliy manfaatlaridan kelib chiqgan holda pozisiyalarini yaqinlashtirish bo`yicha muzokaralarni davom etmoqdalar.

Ma`lum qilinishicha, ushbu shartnomani muhokama qilishda O`zbekiston milliy manfaatlarini inobatga olgan holda muzokara pozisiyalari ishlab chiqilgan va himoya qilib kelinmoqda.

    Boshqa yangiliklar