1

"Qo`yliq"da fohishalik bilan shug`ullanadigan Ruxsoraxon mijozini ovloq joyga boshlab bordi va...

Jinoyat 23.12.2020, 17:50
"Qo`yliq"da fohishalik bilan shug`ullanadigan Ruxsoraxon mijozini ovloq joyga boshlab bordi va...

2020 yilning 11 dekabr kuni taxminan soat 23:30 da, ikki nafar noma`lum shaxslar o`zgalar mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Toshkent shahar, Bektemir tumani, “Compas” savdo markazining orqa tarafidagi Istiqlol ko`chasida 24 yoshli Toxirjon A., ni hayoti va sog`lig`i uchun xavfli bo`lmagan zo`rlik ishlatib, unga tegishli bahosi 100 AQSh dollarlik bir dona “RedMI-5 Plus” rusumli telefon apparati va 500 AQSh dollar miqdoridagi naqd pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi. 

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan noma`lum shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib tergov-tezkor tadbirlar natijasida, joriy yilning 17 dekabr kuni 18 yoshli Akbarxo`ja U., 23 yoshli Umid X., va Farg`ona viloyatida tug`ilgan 34 yoshli Ruxsoraxon X., lar ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib ushlanganlar. So`roq jarayonida aniqlanishicha, fohishalik faoliyati bilan shug`ullanuvchi 34 yoshli Ruxsoraxon X., mijoz sifatida kelgan fuqaro Toxirjon A., bilan gaplashib turgan vaqtida, uning yonida telefon apparati va pullari borligini ko`rib qolib, bu haqda tanishlari Umid X., va Akbarxo`ja U.,larga ma`lumot berganligi sababli, qorong`u va ovloq joyda Umid X., va Akbarxo`ja U.,lar o`zlarining g`araz niyatlarini amalga oshirganlar.

Dastlabki tergov jarayonida, Akbarxo`ja U., Ruxsoraxon X. va Umid X.,lar JKning 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar hamda Akbarxo`ja U., va Umid X.,larga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi, fuqaro Ruxsoraxon X.,ga esa “munosib xulq atvorda bo`lish to`g`risidagi tilxat” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1