Kecha, 23 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Fuqaroning o`limiga 3 yildan oshgan bo`lsada, unga jarima belgilandi" sarlavhasi ostidagi xabar tarqaldi.
Mazkur xabarlar yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati munosabat bildirdi.
Xabarda Mirzaobod tumani IIB YHXB ma`muriy amaliyot xodimi tomonidan fuqaro vafot etganligiga qaramasdan unga nisbatan ma`muriy jazo qo`llash to`g`risidagi jarima qarori chiqarilgani aytilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi, deyilgan rasmiy xabarda.






