AsosiyJamiyat

Deputat: "Ortiqxo`jaevning tashabbusini olqishlayman. Bo`larkanu...Qolgan hokimlari jim kuzatishadimi?"

'Deputat: "Ortiqxo`jaevning tashabbusini olqishlayman. Bo`larkanu...Qolgan hokimlari jim kuzatishadimi?"'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev 2021 yil yakuniga qadar barcha buzilgan ko`chmas mulklar uchun kompensasiya to`liq to`lab berilishini va`da berdi. Xususan:

«O`zbekiston tarixida bir yilda buncha kompensasiya to`lab berilmagan… Bu yil juda katta miqdorda 700-800 mlrd so`m pul va er ko`rinishida “snos”ga (kompensasiya to`lashga) ketdi. Bizni hisoblarimiz bor, oldimizga qo`ygan maqsad 2021 yilda birorta, 2005 yildan buzilgan binolar uchun hech kim to`lovsiz qolmaydi. Lekin, adolatli, sudni qarori bo`lsa, narxlar tafovuti to`g`ri bo`lgan bo`lsa, birorta qolmaydi. Pul bera olmasak, er ko`rinishida beramiz, er bera olmasak, boshqa yo`l bilan to`lab beramiz. Agar bundan keyin davlat ehtiyojlari uchun (ko`chmas mulk — tahr.) buziladigan bo`lsa, kerakli kompensasiya uchun qo`limizda pulimiz yoki erimiz bo`lgandan keyin egasini roziligi bilan buzishga qaror qilamiz», — degan hokim.

Ushbu xabardan so`ng deputat Rasul Kusherbaev holatga munosabat qildi. 

"Hokimning bu tashabbusini olqishlayman. Gap yo`q. Va nihoyat mantiqsiz va noqonuniy qilingan xatolar kech bo`lsa ham tuzatilib, davlat o`z fuqarolariga etkazgan zararini to`liq qoplashga mard bo`lib amalda kirishmoqchi. Hokimlar ham davlatning yuzi aslida. Bo`larkanu...  

Qaniydi boshqa hudud hokimlari ham jur`atlarini yig`ib, mana shunday mardlik qilib, shu vaqtgacha to`lanmagan zararlarni 2021 yilda to`liq qoplashga iroda topa olishsa.  

Kutamiz, qilgan ayblarini yuvishga iroda topa olisharmikan?", deya yozib qoldirgan deputat.  

    Boshqa yangiliklar