AsosiyJamiyat

O`zbekiston Energetika vazirligi ASKUE hisoblagichlari elektr energiyasini qachondan boshlab avtomatik uzatishini ma`lum qildi

'O`zbekiston Energetika vazirligi ASKUE hisoblagichlari elektr energiyasini qachondan boshlab avtomatik uzatishini ma`lum qildi'ning rasmi

Energetika vazirligi nega elektr ta`minoti uchun mavjud qarz to`langandan so`ng, elektr energiyasi avtomatik tarzda ishga tushmasligiga javob berdi.

Qayd etilishicha, ASKUE tizimi iste`molchilarning 100 foizini qamraganidan so`ng to`liq tartibda ishlay boshlaydi. Bugungi kungacha 72 foiz iste`molchilarga ushbu turdagi hisoblagichlar o`rnatilgan. Ushbu tizimga to`liq ulanish 2021 yil apreligacha rejalashtirilgan.

«Ayni paytda elektr iste`moli bo`yicha qarz to`langach, uning ta`minotini qo`lda qayta tiklashga to`g`ri kelmoqda. Biroq ASKUE tizimiga to`liq ishlashini uzoq kutishga hojat yo`q, chunki hozirda 5 million 307 ming 346 iste`molchi zamonaviy hisoblagichlar bilan ta`minlangan», — deya javob berdi Energetika vazirligi.

Vazirlikning ma`lum qilishicha, ushbu hisoblagichlarga ega 2,9 million (54 foiz) iste`molchi billing tizimiga ulangan, ya`ni to`lov amalga oshirilgandan so`ng avtomatik tarzda elektr energiyasini qabul qilish ishga tushadi.

Eslatib o`tamiz, 20 noyabr kuni Toshkent tumanidagi qariyb 17 ming elektr energiya iste`molchisi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun to`lovlar bo`yicha yuzaga kelgan qarzdorlik sababli amaldagi tartib bo`yicha ASKUE tizimi avtomatik ravishda qarzdor iste`molchilarning ta`minotini to`xtatgan. O`z navbatida yuqoridagi holat joyiga chiqib o`rganilganda iste`molchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun qarzdorlik to`langandan keyin ham avtomatik ravishda elektr tarmog`iga qayta ulanmagan holatlar aniqlangan.

Bu kabi holat 21—22 noyabr kunlari Qibray va Zangiota tumanlarida ham kuzatilgan.

    Boshqa yangiliklar