Toshkent hayvonot bog`iga yangi hayvonlar – mahalliy hayvonot dunyosi vakillari – qulonlar, Prjevalskiy otlari, Buxoro tog` qo`ylari va jayronlar olib kelindi. Bu haqda Toshkent hayvonot bog`i matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hayvonot olamining mazkur turlari qachonlardir Respublikaning yovvoyi tabiatida yashagan, bora-bora ularning soni kamayib ketgan va qirilib ketish darajasiga kelib qolgan.
Hozirda ular Buxorodagi hayvonlarning noyob turlarini ko`paytirish bo`yicha ekomarkaz-“Jayron”da yashab, ko`paymoqda.