AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Prezident maktabi o`quvchisiga Prezident sovg`asi topshirildi

'Toshkentdagi Prezident maktabi o`quvchisiga Prezident sovg`asi topshirildi'ning rasmi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o`quvchisiga Prezident sovg`asi topshirildi. Bu haqda Yangi O`zbekiston yangiliklar kanali ma`lum qildi. 

11-sinf o`quvchisi Firdavs Abduqayumov AQShning ikkita nufuzli oliy ta`lim muassasasi — Ksave va Jon Keroll Universitetlariga grant asosida qabul qilindi. Ksave universitetiga grant miqdori 89 ming dollar, Jon Keroll Universitetiga esa 96 ming dollarni tashkil etadi.

O`zbekiston Prezidentining fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari bo`yicha davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Firdavsni tabriklab, unga Prezident sovg`asi — zamonaviy kompyuterni topshirdi.

 Ayni paytda Toshkent shahridagi Prezident maktabining o`quvchisi Temur Sulaymonov, Namangan shahridagi Prezident maktabi o`quvchilari Mironshoh Inomjonov, Jahongir Amirhamzaev, Azimjon O`rinov hamda Azimjon Alijonovlar etakchi xorijiy oliy o`quv yurtlariga qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar