1

Toshkentda fuqaro qarindoshining pasportini yoqib yubordi

Jinoyat 24.12.2020, 20:45
Toshkentda fuqaro qarindoshining pasportini yoqib yubordi

Qarindoshining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Matbuot xizmati xabar berdi.

Olmazor tumnani ichki ishlar organlariga 45 yoshli Ravshanbek T. murojaat qildi. Uning so`zlariga ko`ra, 21 noyabr kuni jiyani 28 yoshli Sanjar T. janjal oqibatida uning pasportini gaz plitasida yoqib yuborgan. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227 moddasi (“Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast etkazish yoki ularni yashirish”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1