Iqtisodchi Baхodur Eshonov so`nggi vaqtlarda keskin muhokamalarga sabab bo`layotgan O`zbekistonda korrupsiya muammolari, monopol tashkilotlar faoliyati va deputatlar o`rni borasida fikr yuritdi.
"Biz ertalab ma`muriy boshqaruvdan holi bo`lgan bozor munosabatlarini xohlaymiz, lekin kechqurun iz ijtimoiy adolatni talab qilib, davlat aralashuviga chaqiramiz.
Biz hech kim tadbirkorlarga qanday narxlarni belgilashni buyurmasligini xohlaymiz. Lekin "O`zAvtosanoat"ning narxlar ro`yxatini ko`rganimizda esa xohishlarimizda chalkashliklarga duch kelamiz: “Darhaqiqat, hech kim narxlar belgilashda buyruq bermasin, lekin narxlar pasayishini talab qilamiz”.
Biz korrupsiyani yengishni istaymiz, lekin gap biz uchun hayotiy ahamiyatga ega bo`lgan narsaning narxi haqida ketishi bilanoq, arzonlashtirilgan avtomobillar sotib olish uchun umuman maqbul bo`lmasligini anglamasdan, biz avtomobillar uchun arzon narxlarni talab qilishga tayyormiz. Narxlar sun`iy ravishda tushirilishi bilanoq, darhol korrupsiya sxemasi paydo bo`ladi. Va men hatto kimdir bunga shaxsan qiziqishi mumkinligini ham istisno qilmayman...
Va bu infantilizmning yana qanday aksi ekanligini bilasizmi? Bizda agar avtomobillar narxi to`satdan ko`tarilsa yoki to`satdan “tonirovka”ning narxi osmonda ekanligi aniqlansa, haqiqiy milliy “flash-mob” vujudga keladi. Hammamiz buni “maqtanish” (pont) deb atalishini yaxshi tushunamiz. Shu bilan birga, men hech kim universitetlarda pora yoki darsliklardagi xatoliklar sabab “flash-mob” uyushtirilganini ko`rmaganman.
Shaxsan men deputatlar, siyosatchilar va huqumat amaldorlari ushbu “maqtanish”lardan yuqori bo`lishlarini, ayniqsa, hozirgi kunda jahon bozorlarida sodir bo`layotgan voqealar fonida ijtimoiy va iqtisodiy o`zgarishlarning juda murakkab o`zaro bog`liqligini ko`rgan va tushunadigan bo`lishini juda xohlar edim.
Ayna shunday paytlarda, hammasidan ko`ra his-tuyg`ularga kamroq berilish kerak. Eng muhimi bunday hollarda har xil provokasiyalar (birinchi o`rinda bilimsizlik) emas, balki jamiyatda mulohazalik, bosiqlik va konsolizasiya kerak.
Va yana shaxsiy fikrim. Men G`arb demokratiyasidagi zamonaviy siyosat teatr san`atiga, tomoshaga, Gollivud va g`ayrioddiy voqeliklarga yaqinligini yaxshi bilaman va tushunaman. Ammo bularning barchasi biz uchun xayotiy muhim, shuningdek, ehtiros va dramaturgiyaga boy ekanligiga ishonchim komil emas. Shaxsan men milliy parlamentning yanada kuchli, muvozanatli va oqilona faoliyat yurituvchi a`zolarini ko`rishni afzal ko`rdim.
Menimcha, deputatning asosiy vazifasi arzon populizmga ega bo`lish emas. Aksincha, deputatning parlamentga kelishidan oldin orttirgan siyosiy tajribasi ham unga, ham parlamentga, hatto undan ham ko`proq – huddi shu o`zbek avtomobilsozlik sanoati, kimyo sanoati, engil sanoatga ... ish o`rinlarini yaratadigan, shaharlar o`sishi, talab va takliflar shakllantirish, zamonaviy iqtisodiyotni shakllantirishiga, etuk jamiyat vujudga keltiruvchi barcha omillarga xizmat qilishi kerak", deydi iqtisodchi.






