AsosiyJamiyat

Iste`molchilarga 52 mlrd so`m miqdoridagi zararni qaytarish yuzasidan qarorlar qabul qilingan

'Iste`molchilarga 52 mlrd so`m miqdoridagi zararni qaytarish yuzasidan qarorlar qabul qilingan'ning rasmi

Bugun AOKA press-xolida Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi boshqarma boshlig`i Farrux Madaminov ishtirokida o`tkazilgan brifingda sohaga doir muhim masalalar yuzasidan ma`lumot berildi. 

Joriy yilning o`tgan davrida iste`molchilarning 20 844 ta murojaatlari ko`rib chiqilgan, ushbu murojaatlar asosida o`tkazilgan o`rganishlarda 4 mln.ga yaqin iste`molchilarning huquqlari tiklangan va iste`molchilarga 52 mlrd. so`m miqdoridagi zararni qaytarish yuzasidan qarorlar qabul qilingan.

Tahlillar iste`molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarning 52 foizi kommunal, qurilish va transport xizmatlariga oid, 21 foizi savdo, 12 foizi aloqa, bank-moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 15 foizi reklama va boshqa masalalarga to`g`ri kelishini ko`rsatmoqda.

Kelib tushayotgan murojaatlar asosida iste`molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish maqsadida 10 dan ortiq sohalarda o`rganish va tahlillar o`tkazildi.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to`g`risidagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan 210 ta ish qo`zg`atildi va qonunbuzilish holatlarini to`xtatish va bartaraf etish bo`yicha 190 ta ko`rsatma berildi.

28 nafar huquqbuzarlarga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudlarga yuborildi.

Ichki bozorlarda sifatsiz va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar sotilishini aniqlash maqsadida, o`tkazilgan 10 ta nazorat xaridi tadbirlarida namuna sifatida olingan 79 nomdagi mahsulotning ekspertizasida 26 ta mahsulot normativ-texnik hujjatlar talablariga mos emasligi aniqlangan va tegishli chora ko`rish uchun vakolatli organlarga (“O`zstandart” agentligi va Sanitariya emidemiologiya xizmati) yuborilgan.

Aholi va tadbirkorlarning iste`mol madaniyati va huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan 300 ta turli tadbirlar tashkil qilindi.

Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Agentlikning comsumer.uz saytida turli mavzularda 3,5 mingta material va huquqiy axborot joylashtirildi.

Karantin davrida aholi uchun muhim bo`lgan 40 ta yo`nalish va mavzularda huquqiy tushuntirish va elektron axborotlar berildi.

35 turdagi oziq-ovqat va gigiena mahsulotlari, 90 turdagi dori vositalari chakana narxlari yuzasidan kunlik monitoring o`tkazildi.

COVID-19 virusli infeksiyasini davolash va profilaktika qilishga mo`ljallangan dori vositalari narxini oshirmaslik yuzasidan 7,5 mingta dorixonaga rasmiy ogohlantirish xatlari berildi.

Kelib tushgan axborot va monitoring natijalariga asosan 165 ta dorixonada tekshirish va o`rganishlar o`tkazildi.

Natijada belgilangan ustamalarga rioya etilmasligi natijasida iste`molchilarga etkazilgan 20 mln so`m zarar qaytarildi hamda 42 ta holat bo`yicha hujjatlar lisenziyalovchi organga yuborildi.

Dori-darmon narxlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida telegramm tarmog`ida ishlovchi @dorinarx_bot maxsus axborot tizimi ishga tushirildi.

Iste`molchilarning dori vositalari narxi bilan bog`liq masalalardagi 750 ta murojaati ko`rib chiqildi.

3 ta sohada, xususan savdo, transport va aloqa xizmatlari ko`rsatish sohasida iste`molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan 10 mingta ishtirokchi o`rtasida ijtimoiy so`rovnomalar o`tkazildi. So`rovnoma natijalari bo`yicha taxliliy ma`lumotlar va takliflar Vazirlar Mahkamasi va mutasaddi idoralarga kiritildi.

5 ta viloyatda iste`molchilar huquqlarini himoyalanganlik darajasi tahlil qilindi va baholandi. https://aoka.uz/article/ylb4uqyxu86h-istemolchilarga-52-mlrd-sm-midoridagi-zararni-ajtarish-zasidan-arorlar-abul-ilingan

    Boshqa yangiliklar