Avvalroq, UzAuto Motorsning Asakadagi zavodi vaqtincha faoliyatini to`xtatgani haqida xabar qilgan edik.
Bugun UzAutoMotors'ning Matbuot xizmati zavod profilaktika ishlari munosabati bilan ishlab chiqarishni to`xtatishini ma`lum qildi.
UzAuto Motors zavodida ishlab chiqarishni vaqtinchalik to`xtatish bo`yicha jamoatchilik orasida xavotir ortib borayotganligi sababli, to`xtatib turish ishlab chiqarish liniyalarida yillik rejalashtirilgan profilaktika ishlarini amalga oshirish bilan bog`liqligini ma`lum qildi.
Shuningdek, tayyor mahsulotni etkazib berish bo`yicha rasmiylashtirilgan shartnomalardagi barcha majburiyatlar o`z vaqtida va to`liq bajarilishini ma`lum qilamiz. Rejalashtirilgan profilaktika ishlarini amalga oshirish, ilgari shartnoma qilingan avtomobillarning NARXI VA ETKAZIB BERISh JADVALIGA ta`sir qilmaydi.
Ushbu tadbir doirasida asosiy va yordamchi texnologik uskunalar va jihozlarni, kommunal xo`jaliklarni, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini profilaktik tekshirish, modernizasiya va texnik xizmat ko`rsatish ishlarini olib borish, shuningdek ishlab chiqarish liniyasini modernizasiya qilish rejalashtirilgan.






