AsosiyJamiyat

Farg`onada tug`ruqdan so`ng 27 yoshli ayol va uning chaqalog`i vafot etdi

'Farg`onada tug`ruqdan so`ng 27 yoshli ayol va uning chaqalog`i vafot etdi'ning rasmi

Farg`ona viloyat prokuraturasi  Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Furqat tumanida 27 yoshli ayol va uning chaqalog`i vafot etganligi haqidagi xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Bu haqda viloyat prokuraturasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog`i xabar qildi.

12.11.2020 yilda Furqat tuman tibbiyot birlashmasining tug`ruqxona bo`limiga olib kelingan, Furqat tumanida yashovchi fuqaro G.X. dan 30 haftalik nobud bo`lgan homila jarrohlik amaliyoti orqali olingan.

Sog`ligi yomonlashganligi tufayli 13.11.2020 yilda Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Farg`ona filialiga joylashtirilgan G.X. 19.11.2020 yilda jonlantirish bo`limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Furqat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, tekshiruv jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar