Avval xabar berilganidek, bugun Toshkent metropolitenining Sergeli yo`nalishi ochildi. Sergeli yo`nalishi ochilishi munosabati bilan bugun Olmazar bekati texnik sabablarga ko`ra soat 05:00 dan 13:00 gacha yopilgan. Shu munosabat bilan Chilonzor yo`nalishidagi poezdlar qatnov vaqti ham uzaytirilgan.
Ayni paytda "O`zbekiston temir yo`llari"AJ Axborot xizmati xabariga ko`ra, bugun soat 16:00dan 2021 yilning 1 yanvar kuni soat 08:00ga qadar Bekat-1, Bekat-2, Bekat-3, Bekat-4, Bekat-5 stansiyalari bo`ylab harakatlanish bepul bo`ladi. Bepul harakatlanish faqat yangi Sergeli liniyasida amal qiladi. Agar yo`lovchi Chilonzor yo`nalishidan (Olmazor bekatidan ham) harakatlansa yo`l haqi to`lanadi.






