AsosiyJamiyat

Hokim Abdurahmonov prezidentga murojaatida 81 marta "muhtaram" so`zini ishlatgan

'Hokim Abdurahmonov prezidentga murojaatida 81 marta "muhtaram" so`zini ishlatgan'ning rasmi

25-dekabr kuni O`zbekiston Prezidenti Yoshlar forumida so`zga chiqib, unda mamlakat yoshlari duch kelayotgan muammolar va ularni hal etish yo`llarini aytib o`tdi. Bu erda davlat rahbari bir nechta hokimlar bilan suhbatlashdi, ular o`z hududlarida amalga oshirilgan ishlar to`g`risida hisobot berishdi.
 

Gazeta.uz' muxbirining hisob-kitoblariga ko`ra, Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Yoshlar forumida davlat rahbariga qarata aytayotgan murojaatida 81 marta "Muhtaram Prezident" deb murojaat qilgan. U bu iborani  o`rtacha har 7.6 soniyada takrorlab turgan.

 Farg`ona viloyat hokimi Xayrulla Bozorovning chiqishi bilan qiyoslanganda esa u "bor yo`g`i" 22 marta bu so`zni ishlatgan. U har 34.3 soniyada ushbu so`zni ishlatgan.

 

    Boshqa yangiliklar