AsosiyJamiyat

Navoiyda sifati kafolatlanmagan ko`z linzalari to`xtatib qolindi

'Navoiyda sifati kafolatlanmagan ko`z linzalari to`xtatib qolindi'ning rasmi

Qo`shtirnoq ichidagi soxta tadbirkorlar tomonidan yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlarga qaramay bojxona nazoratidan yashirgan xolda noqonuniy ravishda tovarlarni olib kirish xolatlari hanuzgacha uchrab turibdi. Achinarlisi ushbu olib kirilayotgan tovarlar bevosita inson sog`ligiga o`z ta`sirini ko`rsatuvchi xisoblanadi.

Jumladan, Navoiy xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan yuborilgan kurerlik jo`natmalari bojxona xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida ko`rikdan  o`tkazildi. Natijada bojxona nazoratidan yashirilgan va xujjatlarda ko`rsatilmagan hamda sifatini kafolatlovchi xech qanday xujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati qariyb 40 mllion so`m bo`lgan ko`z linzalari borligi aniqlandi.

Ming afsuski, hech qanday qiyinchilik va ovoragarchilikni talab qilmaydigan rasmiy hujjatlar qilinmaganligi o`quvchiz tadbirkorga anchagina zarar bo`ldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek,  Navoiy xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan yuborilgan kurerlik jo`natmalari bojxona xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada sifati kafolatlanmagan, bojxona nazoratidan yashirilgan va xujjatlarda ko`rsatilmagan umumiy qiymati qariyb 28 million so`m bo`lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.

Nayrangbozlikning yakuniy xulosasi tadbirkorning 28 mln.lik buyumlaridan ayrilishiga olib kelgan. Bu holat bo`lmasligi ham mumkin edi. Ya`ni o`rnatilgan tartib asosida kur`erlik jo`natmalari amalga oshirilsa, tadbirkor ham daromad manbaidan quruq qolmagan holda, o`z rejasini amalga oshira olish imkoni mavjud edi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shiringul ASOEVA, Navoiydan tayyorlandi

 

    Boshqa yangiliklar