AsosiyJamiyat

Toshkent metrosining yangi Sergeli yo`nalishi yo`lovchilar uchun 2021 yil 1 yanvargacha bepul bo`ladi

'Toshkent metrosining yangi Sergeli yo`nalishi yo`lovchilar uchun 2021 yil 1 yanvargacha bepul bo`ladi'ning rasmi

26 dekabr soat 16:00dan boshlab Toshkent metropolitenining Sergeli yo`nalishi xizmat ko`rsata boshladi. 

“O`zbekiston temir yo`llari” matbuot xizmati xabariga ko`ra, yo`nalish ishga tushgandan boshlab 2021 yil 1 yanvar soat 8:00 ga qadar ushbu yo`nalishda yangi ochilgan “Bekat-1”, “Bekat-2”, “Bekat-3”, “Bekat-4”, “Bekat-5” bekatlarida harakatlanish bepul bo`ladi. 

Bepul harakatlanish faqat yangi Sergeli yo`nalishida amal qiladi. Agar yo`lovchi Chilonzor yo`nalishidan (Olmazor bekatidan ham) harakatlansa, yo`l haqi to`lashi zarur.

 

    Boshqa yangiliklar