2000 yilda tug`ilgan, Nurota tumani Yangihayot MFYda yashovchi muqaddam sudlanmagan R.P “Raxim bobo” xususiy korxonasiga qarashli qurilishi tugallanmagan savdo do`konida o`zaro kelishmovchilik natijasida, qishloqdoshi 1980 yilda Nurota tumanida tug`ilgan N.U.ning tanasining turli sohalariga qo`l va oyoqlari bilan urib, tan jarohati etkazgan.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, oradagi tafovut 20 yosh bo`lgan ushbu fuqarolarning janjaliga sabab surishtiruvlar davomida ma`lum bo`ladi.
Hozirda holat yuzasidan R.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






