O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun kunduzi respublika bo`yicha asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`ladi.Faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida biroz qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol biroz 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2° sovuq-3°iliq atrofida, shimoliy hududlarda 0-5° sovuq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Shamol kuchsiz 3-8 m/s tezlikgacha esadi. Havo harorati kun davomida 0-2° sovuqni tashkil etadi.
O`zbekistonning tog`li hududlarida qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8° sovuq bo`ladi.






