Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog`lovchi “Taxtaqoracha” dovonida qor yog`ib, yo`lning qatnov qismida muzlamalar hosil bo`lganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi.
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining xabar berishicha, yo`llarni qordan tozalash ishlari olib borilib, muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib zaruriy choralar ko`rildi. Ayni vaqtda dovon yo`lida avtotransport vositalari harakatiga ruxsat berilib, qatnov davom etmoqda.
"Haydovchilardan ehtiyotkor bo`lishlarini, ob-havo va yo`l sharoitini inobatga olib transport vositasini boshqarishlarini so`raymiz" deyiladi xabarda.






