Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining ochiq sessiyasi bo`lib o`tmoqda.
Sessiyaga jurnalistlar kiritilmagan. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev xabar bermoqda.
"Katta ehtimol bilan sessiyada Qiziriq tumanida erlarining majburiy olib qo`yilishidan norozi bo`layotgan fermerlarning erlarini olib qo`yish va yangi klasterga berish masalasi ko`rib chiqiladi.
Xalq vakillari Sessiyasini imi-jimida, xalqdan yashirib o`tkazilishidan shunday xulosaga kelish mumkin.
Xalq vakillarining majlisi xalqdan yashirilishi mumkin emas. Bu qonunlarga zid harakat.
Vijdoni o`lmagan, qonunlarni hurmat qiladigan mas`ullardan izoh kutamiz.
Bunchalikka bormanglar endi...
Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida erlarining majburiy olinib, klasterga berilishidan norozi bo`lib bir guruh fermerlar murojaat qilishgandi.
Mazkur masalani qonuniy o`rganib, qonun ustuvorligini ta`minlashni so`rab Bosh prokuratura hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasiga murojaat xati kiritgandik.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi masalani nazoratga olib, o`rganishni boshlabdi.
Bosh prokuraturadan ham shunday tezkorlik va holislikni kutib qolamiz", deya yozib qodirgan deputat.






